Prompt bilan tahrirlash yanada aqlliroq bo‘ldi
Tahrirlaringiz aniqroq va realroq bo‘lishi uchun Prompt bilan tahrirlash vositasini yangiladik:
Qo‘shilgan obyektlar sahnaga tabiiyroq uyg‘unlashadi
Odamlar buzilishlarsiz qo‘shiladi
Yoritish va ob-havo o‘zgarishlari real ko‘rinadi
Prompt’ga yaxshiroq amal qilgani uchun teksturani almashtirish natijasi aniqroq
Eng yaxshi natija uchun maslahatlar:
Aniq yozing. «Sahnaga bir necha odam qo‘sh» o‘rniga mana buni sinab ko‘ring: «oshxonada turgan, qo‘llarida qora keramik qahva chashkalari bor, suhbatlashayotgan o‘ttiz yoshlardagi juftlikni qo‘sh».
Agar o‘zgarish faqat ma’lum joyda kerak bo‘lsa, buni aniq ayting, masalan: «burchakdagi och jigarrang kresloni zaytun yashil rangga o‘zgartir».
Agar kutilmagan o‘zgarishlarni sezsangiz, shunga o‘xshash narsa qo‘shing: «kameraning asl burchagi, yoritish va kompozitsiyani o‘zgartirmasdan qoldir».
Agar qiynalsangiz yoki fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, live chat doim ochiq.